“Shuhrat” medali sohibi Alisher Qurbonov tumandoshlari huzurida

Date:

Boylik mehnatning ortidan kelsa, boshlangan ish yanada gurkiraydi, yangidan-yangi loyiha va g‘oyalarga debocha bo‘ladi. Muzrabotlik tadbirkor — “Amirqul bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Qurbonov ham nimaga erishgan bo‘lsa, zahmatli mehnatlari ortidan erishdi. Buning mukofoti esa uning ko‘ksiga “Shuhrat” medali bo‘lib taqildi. Ha, Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi mukofotlanganda, ularning orasida Alisher Qurbonovning borligi muzrabotliklarni ham quvontirdi.


Sababi tadbirkor samimiy va dilkash inson. Topganini xalq bilan baham ko‘radigan, mahalladoshlari koriga yarab, homiylik qilishdan to‘xtamaydigan saxovatpesha tadbirkor. Shuning uchun ham Alisher Qurbonovni muzrabotliklar yaxshi taniydi, ortidan yaxshi fikrlar bilan alqaydi. Insonga xalq ixlosini qozonishdan ortiq boylik bormikan aslida.


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan viloyatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan ana shunday faol tadbirkorlar va aholi o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etilayotir. Shu maqsadda Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida “Shuhrat” medali sohibi Alisher Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorning ish faoliyati bilan tanishildi.

O‘z navbatida bu tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarning yangi ko‘nikmalar hosil qilishlarida mahorat maktabi vazifasini o‘tagan bo‘lsa, ajab emas.
Tadbirda uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan, bugungi kunda nuroniylik gashtini surayotgan mehnat faxriylari so‘zga chiqib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda o‘tgan davrdagi qiyinchiliklar va bugungi kundagi qulayliklar haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirkor bilan uchrashuvdan so‘ng, Alisher Qurbonov tomonidan olib borilayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun