Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Date:

Termiz tumanidagi Termiz xalqaro savdo markazida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada Surxondaryo viloyatidagi 200 dan ziyod hamda mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan 30 dan ortiq sanoat korxonasi o‘zining import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlari bilan ishtirok etdi.


Prezidentimizning 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilayotgan yarmarkada qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati, dorivor o‘simliklar va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha turli mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyishi etildi.


Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni yarmarkaning tantanali ochilishi bilan tabrikladi.

Sarmoyadorlarni vohaning boy salohiyatidan foydalanib, hududda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar bilan tanishdi.


Aytish kerakki, yarmarkadan joy olgan tayyor mahsulotlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 35 ming 600 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning 3 ming 200 ga yaqini sanoat korxonasi bo‘lib, ularda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilayotir. Sanoat yarmarkasi esa ana shu mahsulotlarning ko‘rgazmasi orqali korxonalarning foydali va manfaatli shartnomalar imzolashga xizmat qilsa, ajab emas.


Sanoat yarmarkasi ikki kun davom etib, 25-avgust kuni yakunlanadi.

Naimullo Muhibulloyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun