3 milliard so‘mlik zarar…

Date:

O‘zligi-yu o‘tmishidan faxrlanadigan xalqmiz. Madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylab, ko‘z qorachig‘imizdek asraymiz ham. Doimo yozayotgan maqolalarimizning so‘zboshisi ana shunday so‘zlar bilan boshlanadi. Aslidachi? Aslida badiiy bezakli, maqtovlar bilan semirtirilgan so‘zlarimizni to‘xtatib, haqiqiy ahvolga boqadigan bo‘lsak, arxeologik yodgorlik hududlaridagi ayanchli ahvolga ko‘zimiz tushadi. U yerlarda g‘isht ishlab chiqarilgan, tuproq olinib, molxona va hojatxona qurilgan bo‘ladi.
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilganda madaniy meros obyektlariga 3 milliard so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgani aniqlanganiga nima deysiz?
Xususan, Sho‘rchi tumani hokimligi mansabdor shaxslari o‘z vazifalariga «loqaydlik va vijdonsizlarcha» munosabatda bo‘lgani oqibatida madaniy meros obyektlariga 3,1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Xususiy korxona tomonidan «Yangiariq» mahallasidagi VII asrga oid «Jartepa» arxeologik yodgorligi hududida g‘isht ishlab chiqarilgan. Yetkazilgan zarar miqdori esa 1,8 milliard so‘m.
Ba’zi fuqarolar «Katta Sovur» mahallasidagi VI-VIII asrlarga oid «Qorovultepa» arxeologik yodgorligi tuproqlarini olib, molxona qurib, 693 million so‘m zarar yetkazgan. Shuningdek, «Sovurtepa» mahallasidagi I-V asrlarga oid «Sovurtepa 2» arxeologik yodgorligi tuproqlari olinib, molxona, hojatxona qurilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...

Termizda 100 ga yaqin noqonuniy tashqi reklama bartaraf etildi

Termiz shahridagi «Qurilish mollari bozori»da tashqi reklama va davlat...

Salomatlik yo‘lida piyoda kezib…

Denov tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida...
KunTun
KunTun