Subsidiya egalari bilan uchrashuv

Date:

Subsidiya — qaytarib berilmaydigan yordam puli bo‘lib, bu fuqarolarni munosib qo‘llab-quvvatlaydigan mablag‘dir. Albatta, uy olishni ko‘ngliga tugib, ipoteka krediti olishga, uni oyma-oy to‘lab borishga cho‘chiydigan fuqarolar uchun subsidiya ajratilishi eng yaxshi imtiyoz deyish mumkin. Eng avvalo, fuqaro subsidiya olish uchun murojaat qiladi. Murojaat bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilgach, subsidiya asosida uy-joy sotib olish bo‘yicha ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, bundan keyin fuqaro nima qiladi, qayerga murojaat qiladi?


Ana shunday jihatlarni hisobga olgan holda Sherobod tuman madaniyat markazida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas’ullari, viloyatdagi tijorat bank raislari, quruvchilar va boshqa tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, Bandixon, Boysun, Muzrabot, Qiziriq hamda Sherobod tumani hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari va xulosaga ega bo‘lgan fuqarolar qatnashishdi.
Uchrashuvda asosiy masala subsidiya asosida uy-joy sotib olish bo‘yicha ijobiy xabarnomaga ega bo‘lgan fuqarolarning muammolarini hal etishga qaratildi. Xususan, quruvchi, tijorat bank hamda fuqaro o‘rtasidagi jarayon haqida o‘zaro fikr almashildi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun