«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis»

Date:

Kambag‘allik bugungi davrning dolzarb muammosi sifatida qaralib, odamlarni undan chiqarish, munosib qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etih maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon tizimda yangi bosqichni boshlab berdi. Ya’ni tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Bu borada Surxondaryo viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Shu kunga qadar dasturda ishtirok etish uchun 588 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan arizalar topshirilgan. Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan 588 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 546 tasi 51 tadan 100 tagacha (jami 21 204 ta), 22 tasi 101 tadan 200 tagacha (jami 2 717 ta), 20 tasi 200 dan ortiq (jami 5 777 ta) ish o‘rinlari yaratishini ma’lum qildi.
Hududlardagi komissiyalar tomonidan o‘rganish natijalarida ariza topshirgan tadbirkorlarning 340 tasi bilan shartnomalar imzolanib, shundan 328 tasiga tegishli sertifikatlar topshirildi va ular tomonidan 18 ming 422 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilandi.
Hududlarda tuzilgan komissiyalar tomonidan kelib tushgan arizalar to‘liq joyiga chiqqan holda o‘rganish, ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini tahlil qilish, tegishli xulosalar berish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga har bir mahalladagi ishsiz fuqarolarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, ularni tegishli kasblar bo‘yicha o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi kurslar boshlab yuborilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun