150 ta maktab direktorining tajribasi ommalashtiriladi

Date:

Farzand tarbiyasida otaning o‘rni nihoyatda muhim. Ayni shu sababdan ham Surxondaryo viloyatida ota-onalar emas, aynan “Otalar yig‘ilishi”, “Otalar qabul kunlari” o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan edi. E’tirof etsh kerakki, davlat rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘idagi ushbu topshirig‘iga ko‘ra ommalashgan ushbu tadbir ko‘zlangan natijani bera oldi hamda ushbu tashabbus Surxondaryo tajribasi sifatida respublika bo‘ylab ommalashtirildi ham.
Endilikda viloyatimizda yana bir tajriba amalga oshirilmoqda. Hududdagi eng tajribali maktab direktorlarini ta’lim sifati past maktablarga biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Muzrabot tumanida “Zoom” plaftormasi orqali o‘tkazilgan davra suhbatida ayni shu masalalar muhokama qilindi.
Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya uchun zarur sharoitlar yaratish hokimliklar va tegishli tashkilotlar vazifasi ekanligi, ta’lim sohasining har bir mutasaddisi, u rahbarmi, o‘qituvchi yoki boshqa xodimmi, o‘ziga yuklatilgan vazifani vijdonan bajarib, o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlarini ta’minlashi zarurligi, bu borada tajribali va ta’lim sifatini oshirishda namuna bo‘la oladigan maktab direktorlarining o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi. Shu maqsadda har bir hududdan namunali faoliyat yuritayotgan, tajribali 150 nafar maktab direktori tanlab olinib, ularni qoloq, ta’lim sifati past maktablarga biriktirish tajribasi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Viloyat rahbari namunali direktorlar sonini keyingi o‘quv yilida 150 nafardan 800 nafarga yetkazish maqsad qilinganligini aytib, mutasaddilarga tanlab olingan direktorlarning biriktirilgan maktablarda tajribalarini amalga oshirish, hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yish, qoloq maktablar ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hashar etadi davom

Bandixon tumanining barcha mahalla va qishloqlarida davlat hamda mehnat...

Sherobodda Navro‘z shodiyonalari

Yurtimizda qadimiy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan, inson...

Saxovat va mehr ulashildi

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sho‘rchi tumanida xayrli tadbirlar...

“Ramazon yarmarkasi” boshlandi

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida aholini arzon...
KunTun
KunTun