Suhbаt аsosidа…

Date:

Yoshlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, kasb yoki hunar o‘rganishlari uchun kasb-hunar maktablari va texnikumlarda o‘qish imkoniyati borligining o‘zi quvonarli. Yana bir jihati, texnikumni a’lo baholarga tamomlagan yoshlarning oliygohga suhbat asosida qabul qilinishi ham aslida talaba bo‘lish yo‘lidagi birinchi qadam deyish mumkin.
Ayni paytda esa Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlariga start berilgan. Reja asosida abituriyentlar suhbatdan o‘tkazilib, baholash mezoniga asosan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkazilayotir. Aytish joizki, imtihonni adolatli va shaffof o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Istagan kishi jarayonlarni jonli kuzatib, bunga amin bo‘lishi mumkin.
Ha aytgancha, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 9 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 54 nafar nomzod hujjat topshirgan.

Oldingi sahifaDARD
Keyingi sahifaTartib o‘zgardi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun