Yoshlar muammolari oʻrganilmoqda

Date:

Ishsizlik eng dolzarb muammo. Hamma ham ishlayotgan ishini o‘ziniki qilib ololmaydi. Natijada esa ishlamay qo‘ya qoladi. Xorijga ketib ishlash esa ishsiz uchun umid chirog‘i bo‘lib ko‘rinadi. Xorijga chiqsa, unga ish tayyor-u, million-million so‘mlarni uyiga jo‘natib, oilaviy ahvolni o‘nglab oladigandek tuyiladi. Afsuski, har doim ham, hammada ham birdaniga ishlar o‘ngidan kelavermaydi. Bundan buyog‘i esa ishsizlikdan tushkunlikka tushish, jamiyatdan uzilish, davlat boshqaruviga ishonchsizlik paydo bo‘lishigacha boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev har nutqida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish maqsadida ular bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha to‘xtalib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berib kelmoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Sariosiyo tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi N.Gʻafforov tomonidan Xurshid va Hamkorlik mahallalaridagi 25 nafar og‘ir toifadagi yoshni qiynab kelayotgan muammolar uyma-uy yurgan holda oʻrganilib, nogironligi bor, migrantlar oilasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashildi hamda ularga kerakli yordam koʻrsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining...

Oltin medalni qo‘lga kiritdi

Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakultetida talabalar...

O‘smirlar maydonda

O‘smirlar ham kattalardan qolishmay, sportda o‘z kuch va mahoratlarini...

Mas’ullarning mas’ulligini oshirib…

Yurtimizda kuz mehmon. Qish esa yaqin. Sekin-asta kunlar salqinlashib,...
KunTun
KunTun