Maktablar ta’mirlanib, sinfxonalar jihozlanmoqda

Date:

Sanoqli kunlardan so‘ng intiqlik bilan kutilayotgan yangi o‘quv yili ham boshlanadi. O‘quvchi-yoshlar yangicha ishtiyoq va zavq bilan o‘qishni, ta’lim-tarbiya olishni boshlaydi. Xo‘sh, maktablar yangi o‘quv yiliga shaymi? Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ayni maqsadda Angor tumanidagi 18- va 21-sonli maktablarda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
E’tirof etish lozimki, tumandagi 21-sonli maktabning 300 o‘rinli binosi 1,4 milliard so‘mlik loyiha doirasida mukammal ta’mirlandi. Ayni paytda esa sinfxonalarni jihozlash, dars mashg‘ulotlari uchun tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat rahbari maktab binosini ta’mirlashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini tanqid qilib, loyiha quruvchisiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, 18-sonli maktabdagi holat ham ko‘zdan kechirilib, tuman rahbarlariga maktablarni yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorlash ishlarini yakunlash vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun