117 milliard so‘mlik loyiha…

Date:

O‘z ishini boshlaydigan har bir tadbirkor eng avvalo, amalga oshirajak loyihasining istiqbolli rejasini ishlab chiqadi. Taklif etadigan mahsulot yoki xizmat turi aholiga manzur bo‘ladimi, ehtiyoj va talab bormi, loyihani davom ettirish, rivojlantirish mumkinmi? Ana shu jihatlarini inobatga olsagina, kelgusida daromad olib, loyihasi muvaffaqiyatga yuz tutadi. Sariosiyo tumanining “Yangi hayot” mahallasi hududidagi 2 gektar maydonda umumiy qiymati 117 milliard so‘m bo‘lgan, yillik quvvati 30 ming dona oshxona havo tortish qurilmalarini ishlab chiqarish loyihasi ayni jihatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Korxona joriy yilning dekabr oyida ishga tushiriladi va 200 ta ish o‘rni yaratiladi. Qurilish jarayonlari qanday ketayotganiga qiziqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida bo‘lib, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Qurilish ishlari bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlab chiqarish korxonasini belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, ishlab chiqarishni to‘liq quvvatda amalga oshirish, rejadagi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganib, o‘rnatilgan tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun