Kredit mablag‘larini talon-toroj qildi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlik muhitni yaratish, yangidan-yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida banklardan kredit berilishi uchun mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarda ishlatish, talon-toroj qilish ko‘pning haqiga xiyonat qilishdek gap. Bunday ishni, manfurlikni o‘ziga ep bilganlar esa afsuski hali-hamon oramizda borligi ayanchli…
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.L.” va “Q.T.” MChJ norasmiy rahbari U.J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.” MChJga limonchilik uchun issiqxona qurishga maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MChJga o‘tkazib, aslida esa hech qanday zamonaviy issiqxona tashkil etishmadi. Soxta hujjatlar tayyorlab, ushbu mablag‘larni lizing to‘lovlari va boshqa maqsadlarga yo‘naltirishdi. Bu bilan ular 1 million AQSh dollarlik mablag‘ni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun