Investitsiya dasturi asosida…

Date:

Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, yoshi ulug‘larimiz yaxshi niyat ila yerga nihol qadagan. Go‘dak ham shu nihol kabi barkamol unib o‘sishi niyat qilingan. Bu odat qadriyat tusini olib, yaxshi kunlarimizni eslatib turishi uchun ham daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarishlangan.
Qanday ezgu amallarimiz bo‘lganki, bu bilan tabiat sofligiga ham o‘z hissamizni qo‘shganmiz. Hozirchi, nega bu an’analarni unutdik? Prezident xalqimiz orasida oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun marosimlarida daraxt ekish kabi ezgu an’analarni tiklashni taklif qildi.
Afsuski, “Yashil makon” umummilliy loyihasi natijasida ekilgan tegishli hududlardagi 10 million tup daraxt qarovsiz qolishi natijasi qurib ketdi. Ularning o‘rniga yangisini ekishni hudud rahbarlariga ekishni, suv ta’minotini ham e’tiborga olishni vazifa qilib topshirgan davlat rahbarining fikrlarida jon bor. Har bir ko‘chat tiriklik, uni uvol qilish, tiriklikni nobud qilish eng katta fojiamiz. Biz esa e’tiborsizlik bilan aslida o‘zimizni jazolayapmiz. Ana shunday holatga chek qo‘yish, mas’uliyatni his etish maqsadida viloyat, tuman va shahar hokimlari 15-avgustga qadar daraxt ko‘chatlari zaxirasini yaratib, ularni ekish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi.
Bundan buyon ko‘chat ekish tadbirlari har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturi asosida amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun har yili avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p – 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, har bir ko‘chatni kafolatli sotib olish tizimi yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun