Hindiston Surxondaryoda to‘rt xil urug‘ yetishtirmoqchi

Date:

Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi sohasi yurtimizda, ayniqsa, vohada yaxshigina rivoj topgan. Kimdir fermer va dehqonlarimizning katta bilim va tajribaga egaligini bosh omil sifatida e’tirof etsa, hududning iqlim sharoiti, ekin-tikinga mosligi ham ayni haqiqat. To‘g‘ri, bu borada Hindiston davlatida ham o‘ziga xos shart-sharoit, tajriba maktabi bor. Ammo, hindistonliklar ayni Surxondaryo viloyatining unumdor tuprog‘i, o‘ziga xos tabiatini inobatga olib, investitsiya kiritib, shartnoma asosida hamkorlik qilayotgani ham bor gap.
Sherobod tumanida Hindistonning «Nath Bio-Genes CA» va «Surxondaryo agroxizmat» MChJ hamkorligida 4 xil navli urug‘ tajriba sifatida yetishtirilayotir. Keyingi yillarda ushbu urug‘lar uchun ajratilgan ekin maydonlari kengaytrilishi reja qilingan. Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida Jahon paxta tadqiqotlari «Nath Bio-Genes CA» kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlari bo‘yicha seminar tashkil qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...

“Men ham soliqchi bo‘laman!”

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan...

“Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi taqdim etildi

Bolalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun