Yangi mavsumda yangi jamoada…

Date:

O‘zbek futboli-yu futbolchilari haqida gap ketganda, albatta, odatiy gap-so‘zlar aytilib, yaqin-yaqingacha yengil hajv qilinardi. Ammo, so‘nggi paytlarda mahoratli yosh futbolchilarimiz yetishib chiqmoqdaki, ular erishayotgan muvaffaqiyatlar o‘sha kesatiqlarga barham bergandek bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, futbol maydoni o‘z egalariga topshirildi.
Ana shunday futbolchlardan biri surxon farzandi, futbolimizning ayni vaqtdagi yetakchi yulduzi Eldor Shomurodov desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning hali u futbol jamoasida, hali bunisida o‘ynayotgani haqida eshitib, beixtiyor g‘ururlanib qo‘yamiz.
Bu safar esa aytishimiz kerakki, Eldor yangi mavsumni katta ehtimol bilan Italiya A seriyasining yangi jamoasi “Kaliyari” safida ijara asosida boshlaydi. O‘tgan mavsumda “Spetsiya” safida to‘p surgan hamyurtimiz o‘z mahoratini to‘laligicha ko‘rsata olmagan edi. Yangi mavsumda esa “Kaliyari” safida o‘zining gollari bilan barchani xursand qilishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun