TTA Termiz filiali talabalari “Daegu Haany University”da

Date:

Tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim. Sababi amaliyotdan uzilgan mutaxassisni to‘la ravishda shifokor deb bo‘lmaydi. Termiz shahrida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Toshkent tibbiyot akademiyasining filialida o‘qib kelayotgan talaba-yoshlar ham doimiy ravishda o‘z bilimlarini amaliy jarayonlar bilan boyitib kelmoqda.
Bu safar ham filial talabalari Koreya davlatining Pohang kasalxonasiga tashrif buyurib, amaliy jarayonlarda ishtirok etishdi. Kasalxonadagi yangicha davolash usullari bilan tanishdilar. Shu bilan birga Vietnam, Mongolia, rossiyalik talabalar bilan Korea milliy davolash usullari haqida fikr almashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa Gyeongju milliy muzeyiga tashrib buyurib, Korea tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“MARDLAR MAYDONI”: TERMIZDA XALQARO KURAŞ TURNIRI ÖTKAZILADI

Kuraş — xalqimizning milliy qadriyatlari, mardlik, jasorat va halollik...

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...
KunTun
KunTun