“O‘ZIMIZ KELDIK”

Date:

Har bir viloyat va tumanlarda davlat xizmatlari markazlari hamda filiallarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada qulaylashtirdi. Ayniqsa, navbat kutish, ortiqcha vaqt sarflashning oldini olindi. Bu aholiga xizmat o‘rgatishning eng qulay va puxta o‘ylangan mexanizmidir. Turgan gapki, fuqarolarga yanada yengillik yaratish maqsadida davlat xizmatlarining o‘zi mahallalarda bo‘lib, sayyor xizmatlarini tashkil etdi.
Angor tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning “Xo‘janqon”, “Zartepa” “Zang gilambob”, “Kattaqum” va “Dehqonbirlashuv” mahallalarida, Uzun tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning “Yangi hayot” mahallasida, Muzrabot tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning “Mehrigiyoh” mahallasida, Termiz tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumaning “At.Termiziy” va “Yangi hayot” mahallalarida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarga 120 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, “MOBIL.ID” tizimining afzalliklari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid reglament talablari va boshqa jihatlar bo‘yicha tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda targ‘ibot materiallari ham tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun