Surxon zebolari birinchi

Date:

Ba’zi iste’dodli yoshlar borki, yozgi ta’tilda ham tinim bilmaydi. O‘rganish, sevimli mashg‘ulotlari bilan band bo‘lishadi. Bu esa albatta, besamar ketmaydi. Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yangi imkoniyatlar” oyligi doirasida o‘quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish maqsadida bo‘lib o‘tgan “Jahon milliy raqslari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ishtirok etgan yoshlar esa fikrlarimizning yaqqol isboti bo‘ldilar.
Talov qiziqarli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z raqslariga hamohang tarzda kiyinib, sahnada ko‘rinish berdilar. Turli millatlarning raqslarini o‘ziga xos tarzda ijro etdilarki, bu tomoshabinlar va hakamlar hay’atining e’tiboridan chetda qolmadi. Yillar davomida o‘rganilgan raqs san’atining nozik jozibasini namoyon etgan yosh raqqosalar o’z harakatlari misolida buni ko‘rsata oldilar.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra Qumqo‘rg‘on tumanining “Charos” raqs dastasi uchinchi, Sherobodning “Qizg‘aldoq” va Sho‘rchi tumanining “Shodlik” raqs dastalari ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Birinchi o‘rin bilan tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani esa Denov tumanining Surxon zebolari raqs dastasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun