“Yangicha ish tizimi joriy etiladi”

Date:

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan markazning Surxondaryo filialida uch tomonlama shartnomada belgilanganidek, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish va filial faoliyatini o‘rganish dasturiga muvofiq amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlarga to‘liq moslashtirish, sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishda yangicha ish tizimini joriy etishdan iborat.
Yaxlit dastur asosida olib borilayotgan ishlar tarkibida to‘rtta alohida yo‘nalish bo‘lib, ulardan biri sud tibbiy ekspertizasi xizmati deb nomlanadi. Mazkur xizmatdan jahonning qariyb barcha mamlakatlarida foydalaniladi. Davrning jadallashuvi hisobiga mutaxassisliklar soni 70 dan ziyodni tashkil etayotir.


— Mamlakatimizda sud tibbiy ekspertizasi xizmati o‘z faoliyatini asosan ikkita yo‘nalishda olib boradi: birinchidan, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashda ishtirok etish, ya’ni turli xil kasallanishlar profilaktikasi, kasalliklarning oldini olish va ularning diagnostikasida ishtirok etish hamda tegishli soha mutaxassislari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni bartaraf etishdir, — deydi markaz direktori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor S.Indiaminov. — Ikkinchi vazifa sifatida insonning hayoti va sog‘ligi hamda jinsiy erkinligiga qarshi yo‘naltirilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarda turli xildagi sud-tibbiy ekspertizalarini o‘tkazish yo‘nalishini olishimiz mumkin.


Sud tibbiy ekspertizasi xizmatini ko‘rsatish uch pog‘onali bo‘lib, eng quyi pog‘onani tuman va tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bo‘linmalari yoki punktlari tashkil etadi. Shuningdek, viloyat, respublika markazlari tuzilmalari shaklida pog‘onalar belgilanadi. 2018-yilda Sud tibbiy ekspertiza amaliyoti ilmiy-amaliy markaz nomini olib, faoliyat doirasi kengaydi.
Ushbu amaliy seminar davomida sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining viloyat filialida ekspertlik faoliyatini takomillashtirish, filial faoliyatida mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, viloyat shahar va tumanlarida filial faoliyati yuzasidan aholi murojaatlari va ularning ijrosi natijalari o‘rganiladi.
Mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari hamda amaliy seminar uch kun davom etadi.

Dinara Qo‘zimurodova,
Islom Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun