Rejani katta olib…

Date:

Ayni yoz chillasida ko‘chaga chiqqudek bo‘lsak, zumda chanqoqlik sezamiz. Shunday paytda yon atrofimizdan yaxna ichimliklar qidirishga tushamiz. Talabimizga ravishda esa turi xiLdagi chanqoqbosti ichimliklar taklif etiladi. Ayniqsa, bu ichimliklar o‘zimizda, tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgani kishini quvontirmay qolmaydi.
Sho‘rchi tumanining “Tamaddun” mahallasida faoliyatini boshlagan “Sho‘rchi taraqqiyot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ana shunday 5 turdagi sifatli ichimlik suvlari tayyorlanmoqda. Shohjahon Xo‘jamshukurov rahbarlik qilayotgan korxona uchun zarur bo‘ladigan zamoanviy texnologiyalar esa Korea davlatidan olib kelingan.
Korxonada kun davomida ish qizg‘in. 10 nafar xodim mehnat qilib, aholiga sifatli va chanqoqbosti ichimliklarni ishlab chiqarib, qadoqlab kelmoqda. Tadbirkorning esa kelgusidagi rejalari katta. Qisqa davr ichida u ishchi-xodimlar sonini 51 nafarga yetkazib, mahsulotlarini eksport qilishni niyat qilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun