Hanshin universiteti delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Ta’limga e’tibor, kelajakka e’tibor demakdir. Shu jihatdan ta’lim sohasiga, yoshlar kelajagiga, salohiyatli kadrlar yetishtirishga katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, kadrlar masalasiga jiddiy qaralayotgan bir paytda tizimda xalqaro standartlarga moslashish, dunyo tajribasini o‘zlashtirish va o‘rganish muhim. Shu sababdan ham universitetlarimiz dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan shartnomalar imzolab, xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va qo‘yilayotir.
Janubiy Koreyaning Hanshin universiteti delegatsiyasi ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolarining Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Oripov bilan uchrashuvida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati, xalqaro kadrlar tayyorlash sohasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish uchun ilmiy salohiyat va imkoniyatlar toʻgʻrisida fikr yuritdilar.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Termiz arxeologiya muzeyida bo‘ldilar. Muzeydagi noyob eksponatlar bilan tanishuv mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif ikki kun davom etdi va muddat oralig’ida TerDU va Hanshin universiteti oʻrtasida professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolashi, shuningdek, viloyatdagi tarixiy yodgorliklarga sayohati koʻzda tutilgan.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun