327 nafar bolaning 100 nafari bog‘chaga boradi

Date:

Boysun tumanida 2018-yilda faqat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, ularning soni 10 ta, qamrov darajasi esa 7,6 foizni tashkil etgan xolos. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida esa bu ko‘rsatkich o‘zgarib, jami 96 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ya’ni o‘tgan to‘rt yilga nisbatan ushbu raqamlar 86 taga ko‘paydi, bu 82 foizga o‘sdi demakdir. Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim yoshidagi 11 ming 296 nafar boladan 6 ming 688 nafari qamrab olingan.
Maqsad esa bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovini 100 foizga yetkazish reja qilingan. Ayni shu ishlarning davomi sifatida tumandagi “Ko‘lqamish” mahallasida joylashgan 100 o‘ringa mo‘ljallangan qiymati 2 milliard 500 million so‘mlik “Mening shirintoylarim” nomli 10-sonli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi.
Ayni vaqtda ushbu mahallada 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola mavjud bo‘lib, shularning 100 nafari yangidan qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Quvonarlisi, aholi bandligini ta’minlash maqsadida ushbu tashkilotga hududdagi jami 15 nafardan ortiq pedagog va ishchi-xodimlar ishga qabul qilindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun