“Tonirovka” muddatini uzaytiring

Date:

“Tonirovka” masalasi kim uchundir mashinasiga zeb berish bo‘lsa, kimlar uchundir zarurat. Sababi yozning issig‘ida, ayniqsa, Surxondaryo viloyatidek janubiy o‘lkada “tonirovka”siz mashina boshqarish qiyin masala. O‘tgan yildan boshlab mashina oynalarini “tonirovka” qilish arzonlashtirilgani ko‘pchilikni quvontirgani va hamyoniga yengillik qilgani rost. Ayniqsa, bu uchun ruxsatnomani my.gov.uz orqali hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish boshlangandi.
O‘sha vaqtda rasmiylashtirilgan ruxsatnomalarning amal qilish muddati hozirda yakuniga yetmoqda. Kuni kecha esa my.gov.uz portalida “tonirovka”ga ruxsatnoma muddatini o‘z vaqtida uzaytirish haqida eslatma berildi. Xolbuki, ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtirish niyatida shaxsiy ma’lumotlarni firibgarlar qo‘liga topshirib qo‘ymaslik, uni onlayn rasmiylashtirish haqida ham eslatib o‘tilgan. Qolaversa, onlayn rasmiylashtirishda 10 foizlik chegirma ham bor. Qayd etilishicha, “tonirovka” uchun ruxsatnomani mobil telefonlar orqali olish ham mumkin. Buning tartibi videoqo‘llanmada ko‘rsatilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun