Muammoga yechim izlandi

Date:

Talabalik davrini boshidan o‘tkazgan borki yaxshi biladi, o‘quv yili boshlanishidan-da oldinroq ota-onalarni va talaba-yoshlarni o‘ylantiradigan eng birinchi masala bu — turar joy masalasi. Ammo, afsuski, hamma ham talabalar turar joylariga joylasha olmaydi. Sababi turar joylar soni chegaralangan.
Aytish kerakki, ushbu jihat nafaqat talabalar va ularning ota-onalarini, qolaversa, oliy ta’lim muassasalari, mahalla va davlatimiz mas’ullarini ham o‘ylantiradigan masala va bu borada munosib yechim izlanayotgani ham haqiqat. Termiz davlat universiteti majlislar zalida ham talabalarni turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul xodimlar bilan birgalikda o‘tkazilgan yig‘ilishda MFY raislari ham ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ijara muammosi mavjud bo‘lgan talaba-yoshlarni turar joy bilan ta’minlashdagi mavjud muammolarning oldini olish, talabalarni ijara xonadonlari bilan ta’minlash va xonalarni jihozlashga ko‘maklashish borasida mahalla raislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun