Yoshlar muammolari tinglandi

Date:

Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan yoshlarning tizimli muammolarini o‘rganish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, tadbirkor Shoxjahon Saidov, viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.


Qolaversa, qabul davomida turli masalalarda jami 25 dan ortiq yoshning muammolari tinglandi va shu yerning o‘zida 5 tasi o‘z yechimini topdi. Qolgan masalalar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yuklatilib, qisqa muddatda hal qilish vazifasi belgilandi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan huquqiy axborotlar berildi va kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu o‘rinda aytish joizki, bugun hech bir murojaat va muammo yechimsiz va so‘roq ostida qolayotgani yo‘q. Tegishli o‘rganish va surishtiruvlar natijasida xalq fikri inobatga olinib, munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yoshlar qabuli davomida ham Termiz shahri “Shodlik” mahallasida yashovchi fuqaro T.Abrayqulov o‘g‘liga o‘qishda foydalanish uchun kompyuter so‘rab murojaat qildi.

Fuqaro murojaati qondirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, tadbirkor Shoxjahon Saidov tomonidan qabul so‘nggining o‘zidayoq murojaatchi xonadoniga aytilgan kompyuter jamlanmasi olib borib berildi.
Albatta, bunday e’tibor va murojaatlarning joyida hal etilishi murojaatchini quvontirdi va u yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanligini bildirganidan ko‘rish mumkinki, yurtimizda bu borada xalq ko‘ngliga munosib yo‘l topilib, ularning davlatdan, amaldagi siyosatdan roziligi va mamnunligiga erishilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun