Start chizig‘idan finishgacha…

Date:

Haqiqatan ayol jamiyat ko‘zgusi. U oila, farzand tarbiyasi bilan birga ishni ham bir maromda tutib, jamiyat hayotimizda faol. Ayolning ma’naviyatli, jismonan sog‘lom bo‘lmoqligi kelajak taqdiri uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, xotin-qizlarning o‘qishi, kasb-hunar egallashiga ko‘mak berib, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish lozim. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida turli tadbirlar, qolaversa, sport musobaqalari o‘tkazib, ayollar faolligini oshirish, ishtirokini ta’minlash lozim.
Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Ayol jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilgan velomarafon ham mahalla xotin-qizlari uchun o‘ziga xos tashabbus bo‘ldi. Ushbu velomarafonga besh yuzga yaqin xotin-qiz ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi uchun velosiped boshqardilar. Sportda ham faol va epchil ekanini ko‘rsatgan ayollar birin-ketin start chizig‘idan finishgacha yetib oldilar. Jarayon esa qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
— Velosipedda sayr qilishning ham o‘ziga yarasha gashti bor ekan, — deydi velomarafonda II o‘rinni qo‘lga kiritgan Termiz tumani “Gulbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Farida Qurbonova. — Bugungi velomarafon orqali bunga amin bo‘ldim. Qolaversa, doimiy tarzda velosipedda sayr qilishni odatlantirishga ahd qildim. Velosiped nafaqat organizmda qon aylanishini yaxshilaydi, balki ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradi.
Yakunda esa velomarafonda faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Afg‘on shamoli”ning ta’siri kamayadi

Surxondaryo viloyatida ekologik muvozanatni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan...

 “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi kengaytirilmoqda

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab mahallalar...

Mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi

Yangi yil ezgu tashabbus bilan boshlandi.  Bandixon tumanida aholi...

Husniya tantanali kutib olindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi yoshlar...
KunTun
KunTun