Muzrabotik 100 nafar bola endi bog‘chaga boradi

Date:

Ertangi kun egalarining munosib ta’lim-tarbiya olishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu sababdan ham maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish ishlari jadallik bilan davom etayotir. Xususan, Muzrabot tumani misolida oladigan bo‘lsak, hozirgi kunda tumanda 23 ta davlat, 1 ta nodavlat, 8 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat va 112 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Mazkur bog‘chalarda tumandagi 3-7 yoshdagi 13,7 ming nafar bolaning 8,1 nafari yoki 59,3 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Demak, tumanda tizim bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Aks holda tumandagi 3-7 yoshdagi 40 foiz bola bog‘cha ko‘rmasligi muqarrar.


Ayni jihatlar hisobga olingan holda tumanning “Madaniyat” mahallasida “Rayhongul” MChJ tomonidan loyiha qiymati 1,8 milliard so‘mlik davlat-xususiy sherikichilik asosidagi 100 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Bog‘chaning tantanali ochilish marosimiga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha masʼullari ishtirok etdi.


Marosimdan so‘ng, mehmonlar xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan yaqindan tanishdilar. Yorug‘ va shinam xonalarni, oshxona, sport maydonchalari va mashg‘ulotlar xonalarini bir-bir ko‘zdan kechirib, yaratilgan qulaylik va shart-sharoitdan quvondilar.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

To‘lagan soliqlarimiz qayerga sarflanyapti?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Openbudget.uz portalida yangi modul ishga tushirildi....

8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan...

“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga...

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan...
KunTun
KunTun