Paxtani qayta ishlash zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Date:

Surxondaryoliklarning paxta yetishtirishda, mo‘l hosil olishda o‘zlarining katta tajriba maktablari bor. Shu sababdan ham respublikamizda har yili ilg‘orlar qatorida belgilangan rejani muddatidan avval bajarib, yuzlarini yorug‘ qilib kelishadi.
Paxtani oq oltin deyishadi. Bu bejiz emas. Kiyim-kechak deymizmi, boshqa ko‘plab sohalar uchun manba bo‘lib xizmat qiluvchi paxtaning chigitidan moy, qolaversa, hayvonlar uchun ozuqa olinishidan ham xabardormiz. Paxtaning g‘o‘zasi esa xonadonlarda o‘tin bo‘lib, uyimiz yo tandirimizni qizdiradi.
Ana shunday qimmatli oq oltinni qayta ishlovchi zavodning o‘zimizda yo‘qligi attang degulik holat edi. Endi esa bu jihatda xalqning orzusi ushaladigan bo‘ldi. Muzrabot tumanidagi “Yangi diyor” mahallasida “Pomir agroklaster” MChJ XK tomonidan “Paxtani qayta ishlash zavodi”ni qurish loyihasi amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lgan ushbu loyihaga 2 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Zavodning yillik quvvati esa 75 ming tonna bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyiha ishga tushirilishi bilan 220 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Qolaversa, tumandagi 4,2 ming gektar maydon yangidan o‘zlashtiriladi.
Ushbu loyihaga start berish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘ldi va zavodga tamal toshini qo‘yib berdi. Viloyat rahbari tadbirkorga kelgusida qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarish turlarini kengaytirish va ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish bilan birga, masʼullarga loyihani to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur ko‘maklarni ko‘rsatish vazifasini yukladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun