Ishonchli vakil OAV xodimlari bilan brifing o‘tkazdi

Date:

O‘tib borayotgan so‘nggi 7 yil mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hayotida tamomila tub burilish yasay oldi desak, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan qisqa davr mobaynida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va jahon hamjamiyatida o‘rnimizni mustahkamlash borasida juda ulkan bunyodkorlik g‘oyalarini amalga oshirilganligini hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Markaziy Osiyo mintaqasini tinchlik va barqarorlik maskaniga aylantirish borasida Oʻzbekiston Prezidenti amalga oshirgan sa’y-harakatlarni butun dunyo tan olayotgani ham sir emas.
Vaholangki, bu kabi ishlarni yanada jonlantirish, izchil davom ettirish barqaror hayotni ta’minlash yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayonda esa “Yurt otasi”ning qanday ish yuritishi, odilona va oqilona prinsipi zarur. Ayni paytda mamlakatimizda muddatidan oldin O‘zbekison Respublikasi Prezidentligiga saylov kompaniyalari qizg‘in kechmoqda. Joriy yilning 7-iyundan boshlab Prezidentlikka nomzodlarning saylov oldi targ‘ibotiga start berildi.
Shu munosabat bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi viloyati Kengashi binosida OʻzLiDePdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodning ishonchli vakili bilan jurnalistlar bilan o‘rtasida brifing oʻtkazildi. Unda nomzodning ishonchli vakili Abduhakim Eshmuradov Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shuningdek, ishonchli vakil oʻz ishining boshlanishi, uning maqsadlari, vazifalari va boshqalar haqida ma’lumotlar ham berib oʻtdi.


Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovichning tashabbusi bilan soʻnggi olti yarim yilda Surxon zaminida e’tiborga molik ishlar qilindi. Oxirgi 6-7-yilda viloyatimizda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushirildi. Yangi qurilgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” mikro gidro elektr stansiyalarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, 257 ta maktab qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bogʻchalar qamrovi 18 foizdan 62 foizga yetdi.
302 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 1 ming kilometr xalqaro va 3 ming kilometr ichki yoʻllar ta’mirlandi. Vaholanki, bu amaliy ishlar, erishilgan natijalarning bir qismi xolos. Chunki, bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin.
Prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning bu galgi saylov oldi dasturidan asosan beshta yo‘nalishdagi maqsad belgilab olingan.
1-maqsad — har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur sharoit yaratishdir. Bu ta’lim sifatini yaxshilashdan tortib, aholi salomatligini yaxshilash, Sogʻliqni saqlash tizimi toʻliq raqamlashtirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ayollarning ish sharoitlarini yaxshilashgacha qamrab oladi. Yaqinda prezident farmoni bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham bu borada tashlangan dadil qadam boʻlganini alohida e’tirof etish kerak.
2-maqsad — mamlakatimizning barqaror oʻsishini ta’minlashga qaratilgan boʻlib, 2030-yilgacha iqtisodiyotimiz oʻsish sur’atlari 2 barobar oshirilib, 160 milliard dollarga yetkaziladi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshiriladi.
3-maqsadga koʻra, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’minlanadi. Ya’ni 2030-yilga qadar ekin maydonlari toʻliq suv tejaydigan texnologiyalarga oʻtkaziladi. Dalalarga suv yetkazadigan obyektlar fermer va klasterlar boshqaruviga beriladi.
Suv yetkazish tizimiga Turkiya, Ispaniya, Xitoy kabi davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi. Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar uchun kelgusi yildan 10 foizli kredit ajratiladi, oʻz hisobidan joriy qilganlarga xarajatning 50 foizi qoplab beriladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofazalash uchun ham qator amaliy ishlarga qoʻl urilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan yurda oʻsish, rivojlanish, yuksalish boʻlmaydi. Shu bois qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish 4-maqsad hisoblanadi.
5-maqsadda Oʻzbekistonning tashqi siyosati, milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasi oʻrtaga tashlanmoqdaki, bu qoʻshni davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yoʻlaklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishni oʻz ichiga oladi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlarimiz qoʻllab-quvvatlanadi. Ular orasida ona tili, milliy madaniyat va an’analarni targʻib etish boʻyicha tizimli choralar koʻriladi.
Xavfsizlik borasida esa mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning xavfsiz yashashini ta’minlash uchun armiyamizning mudofaa qudratimiz oshiriladi. Milliy armiyamiz 2030-yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi, qoʻshinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ishlar jadallashtiriladi.
Ulkan rejalarimizni amalga oshirishda biz, birinchi navbatda, barcha yurtdoshlarimiz, butun xalqimizning aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyatiga tayanamiz.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun