Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlandi

Date:

O‘quv yili davomida talaba va o‘quvchi-yoshlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilimlarni olib, soha sirlarini o‘rganishdi. O‘quv yilining yakunlanishi bilan esa malakaviy amaliyot ishlari boshlab yuborildi. Nazariy bilimlarning amaliyotda sinalishi taassurot va tasavvurlarning oshishiga xizmat qiladi. Egallanayotgan mutaxassislikka nisbatan qiziqishni yanada oshirib, kelgusidagi faoliyatga mehr-muhabbat va ishtiyoqni oshiradi. Bu galgi amaliyot ham ana shunday ahamiyatga ega bo‘ldi.
Sherobod va Muzrabot tumanlaridagi professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari nazariy bilimlarini amaliy va unumli mehnat bilan bog‘lab, ko‘nikma va malaka hosil qilishlarilari uchun korxona va tashkilotlarda amaliyotlar o‘tashmoqda.


O‘quvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar bilan ishlayotgan bo‘lsa, boshqalari tikuv sexlarida tikish-bichish ishlariga sho‘ng‘ib ketishdi. Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega yoshlar esa IT texnologiyalari bo‘yicha bilganlarini amaliyotda sinab ko‘rayotir. Ustachilik sirlarini o‘rganganlar esa ustaxonalarda mashinalarni tuzatishga kirishgan. Bunday amaliy jarayonlar esa o‘z navbatida bitiruvchilarni o‘zlariga munosib ish topishlariga imkoniyat yaratishga ham xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun