“Billur” yana bitta yangi uy bilan boyidi

Date:

Yolg‘iz ona demang aslo ayolni, tog‘dek bardoshi-yu sabri unga esh. Yolg‘iz ayol, demang, unda bor toqat. Qalbidagi shukronasi unga hamrohdir. Yolg‘izligin bildirmaydi, hatto Vatani.
O‘zi yolg‘iz ayol boshi bilan turmush kechirayotgan, 3 nafar “umid”ini ulug‘ niyat bilan o‘stirayotgan Zarifa opa qiynalsa-da, u rahbarning eshigidan bu rahbarning eshigiga mo‘ltirab ko‘makka bormadi, balki orlandi. Biroq nochorgina uyda istiqomat qilishi, ro‘zg‘ordagi kam-u ko‘st kundan kun, ming berkitsa-da, ko‘rinib qolaverdi. Mutasaddilar esa bundayin kishilarni qo‘llab-quvvatlashga har qachon shay. Chunki bu qo‘llovni qonun ham mustahkamlab qo‘yibdi.
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezident tomonidan ilgari surilayotgan siyosatni joylarda ijrosini ta‘minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga asosan, “Billur” mahallasida istiqomat qiluvchi 3 nafar farzandi bor yolg‘iz ona bo‘lgan Zarifa Mirzayevaning yashab turgan uyi ta’mirtalab holatda bo‘lganligi sababli tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildi.
Tuman hokimi boshchiligida mas’ullar ushbu xonadonga tashrif buyurdi va ta’mirlash ishlari yakunlanib zamonaviy ko‘rinish kasb etgan xonadonni ko‘zdan kechirdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun