E’tirozga yechim topildi

Date:

Yo‘llar nosoz bo‘lsa, ta’mirtalab bo‘lsa, manzilga yetish uchun haydovchining sabri sinalishi aniq. Bu esa vaqtimizni o‘g‘irlashi bilan birga, avtoulovimizning sozligiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, M39 avtomagistralining Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi qismini M41 avtomagistrali bilan tutashtiruvchi Darband-Denov yo‘nalishidagi avtomobil yo‘li uzoq yillardan buyon nosoz, ta’mirtalab bo‘lib qolgani aholining, shu yo‘ldan qatnaydigan haydovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.
Yo‘lsozlikka alohida e’tibor qaratilib, ichki va tashqi yo‘llarimizda diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilayotgan bir paytda, albatta, ushbu e’tirozlar ham inobatga olindi. M41 avtomagistrali bilan tutashtiruvchi Darband-Denov yo‘nalishidagi avtomobil yo‘li bo‘yicha soha mutasaddi va mutaxassislari tomonidan aniq vazifalar belgilab olindi. Va ushbu yo‘l zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan holda qayta qurish reja qilindi. Shundan so‘ng esa Ozarbayjon davlatining “LANKARAN YOL TIKINTI” xalqaro qurilish tashkiloti tomonidan bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...
KunTun
KunTun