Rejani ortig‘i bilan bajardi

Date:

O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va e’tibor katta-katta yer maydonlarida g‘alla hosildorligining mo‘l bo‘lishiga xizmat qildi. Natijada Jarqoʻrgʻon tumani gʻallakorlari don rejasini ortigʻi bilan bajardi. Oʻrilgan maydonlar hisobiga oʻrtacha hosildorlik 70,1 sentner gektarni tashkil qildi. Tumandagi “Bobotogʻ shafagʻi”, “Jayraxona mirishkori” va “Loyqand chinori” hududlari fermer xoʻjaliklari birinchilardan boʻlib davlatga gʻalla sotish shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi.


Tirishqoq va tanti jarqo‘rg‘onliklarning birdamligi va erishgan muvaffaqiyatiga, quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Viloyat rahbari boshchiligida yuqori hosil olgan fermer rahbarlari tumanda har bir mahalladan 20 nafardan ortiq kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy ulashib, o‘z shodiyonasini mahalladoshlari bilan baham ko‘rdi. Ular bu bilan kifoyalanmay, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” hamda “Yoshlar daftar”larida ro‘yxatda turuvchi fuqarolarimizni o‘zlariga biriktirib, “ustoz-shogird” an’analari asosida o‘z bobodehqonlik sirlarini o‘rgatib, unumdor, sersuv ekin maydonlarini o‘lchab berdilar.
Umid qilamizki, qisqa fursatlarda shogirdlikka tushib, ajratilgan yer maydonlarida ish boshlagan yosh mirishkorlar ham mehnat qilib mo‘l hosil oladilar va mo‘may daromad ko‘rib, ro‘zg‘orini butlaydilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun