Tizim ommalashtiriladi

Date:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda eng zaruri suvdir. Ammo, suv tanqisligi yuzaga kelayotgan bir sharoitda ham ekin ekish, xalq dasturxoniga kerakli mahsulotlarni yetkazib bermoq zarur. Qolaversa, bu dehqon-u fermer, taddbirkorlar uchun asosiy daromad manbai hamdir. Zarurat va tanqislik sharoiti yangidan-yangi g‘oyalarni, tashabbus va innovatsiyalar ishlab chiqishni talab etadi. Bunday paytda esa qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada esa Surxondaryo viloyatida salmoqli ishlar olib borilayotir. Ayniqsa, suv tejovchi texnologiyalarni g‘o‘za maydonlarida qo‘llanilishi, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilganidan xabardormiz.


Ana shunday ishlarning davomi sifatida Termiz tumanida yangicha yondashuv va innovatsiyaga qo‘l urildi. Ya’ni, paxta maydonlarini yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari tajriba tariqasida qo‘llanib ko‘rilayotir. Tumandagi “Nurmuxammad Namuna” fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida joriy qilingan ushbu texnologiyalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, samarasiga baho berildi.
Aytish kerakki, natija yomon emas. Mutaxassislarning aytishicha, paxta maydonlarini yomg‘irlatib sug‘orish suv sarfining kamayishi va hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi. Haqiqatan ham innovatsiya o‘zini oqlasa, kelgusida tizim ommalashtiriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun