“Bir konturda – bir mahsulot”

Date:

Bugungidek shiddat bilan o‘zgarayotgan bir davrda ishsizman deya bekor o‘tirish yaramaydi. Inson o‘z imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqib nima bilandir band bo‘lishi davr talabi. Bu borada esa davlat ham, mas’ullar ham bir chetda tomoshabin emas, balki xalq bilan birga, maslakdosh bo‘lib, ularni ishli qilishni maqsad qilishgan. Ish bilan band bo‘lishning eng yaxshi va eng oson usuli esa dehqonchilik qilib mablag‘ topishdir. Buning uchun fuqarolarning o‘z tomorqasidan unumli foydalanish munosib yechim bo‘lsa, takroriy ekin uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlar 20 sotixdan ishsiz fuqarolarni band qilish uchun ajratib berilayotgani ham eng maqbul yo‘ldir.
Termiz tumanida 580 gektar yer maydoni 20 sotixdan 2 900 nafar fuqaroga ajratib berildi. Ushbu tashbbusning yana bir afzalligi ajratilgan yerlar shudgorlangan va kerakli ekin urug‘lari bilan berilgani endigina ish boshlovchilar uchun qulaylik tug‘dirdi.
“Bir konturda – bir mahsulot” tamoyili asosida yer maydonlarini ajratish jarayonida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, ushbu yer maydonlaridan samarali foydalanib, barchani oilaviy daromadlarni oshirish lozimligini ta’kidladi. Qolaversa, shu yerning o‘zida fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan dala ishchilari, suvchilar, mexanizatorlarga fermer xo‘jaligi hisobidan 1 tonnadan bug‘doy ham topshirildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1 500 bedana ortidagi katta niyat

Muzrabot tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorlarning faoliyati o‘rganilib,...

Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi...

Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel,...

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...
KunTun
KunTun