Bira to‘la 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallashdi

Date:

Fan olimpiadalari o‘quvchi-yoshlarning o‘zlari ishtirok etadigan fanlardan bilim va salohiyatlarini namoyon etadigan minbar vazifasini o‘tash bilan birga munosib rag‘bat bo‘lib ham xizmat qiladi. Farg‘ona viloyatida ona tili va adabiyoti, rus tili, qozoq, tojik, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix hamda geografiya fanlaridan asosiy olimpiadaning IV, ya’ni respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamiznng barcha viloyatlaridan hududiy bosqich g‘oliblari bo‘lmish o‘quvchilar ishtirok etishdi. E’tirof etish joizki, ularning har birlari puxta tayyorgarlik ko‘rishgan bo‘lib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur olimpiadaga yuqorida nomlari sanab o‘tilgan fanlar bo‘yicha 18 nafar 11-sinf o‘quvchilari bo‘lmish surxondaryolik yosh ham ishtirok etdi.
Quvonarlisi, tojik tili bo‘yicha Surxondaryo viloyati sha’nini himoya qilgan 3 nafar o‘quvchi respublika miqyosida birinchilardan bo‘lib, olimpiadaning bira to‘la faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarini egallashdi.
— Fan olimpiadasida ishtirok etayotib, g‘oliblikni qo‘lga kiritaman deb o‘ylamagan edim, — deydi olimpiadaning tojik tili bo‘yicha 1-o‘rin g‘olibi, Sariosiyo tumanidagi 29-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Soniya Ravzatulloyeva. — Tojik tilida yaxshi o‘qiganim qo‘l keldi. Inson o‘z ustida ishlasa, o‘qib-o‘rganishdan to‘xtamasa, albatta, buning mukofoti bo‘lar ekan. Ayniqsa, bu mukofot meni bugun talabalik baxtiga ham muyassar qildi.
Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 78 ta umumta’lim maktablarida tojik tili o‘qitiladi. Ularning 51 tasida aralash, 27 tasida esa sof tojik tilida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda. Ayni shu jihat muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas.
Olimpiada natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanish bilan birga g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan OTMlarga o‘qishga kirish imtiyozga ega bo‘ladi. G‘oliblarning ustozlari ham imtiyoz va rag‘batdan chetda qolishmaydi, ayni ularga tegishlicha BHMning 50, 35, 30 baravari (16,5 million, 11,55 million, 9,9 million so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun