Mehnati rag‘bat topdi

Date:

Vatan sarhadlarida kun-u tun sergak turish, tinchlik va osoyishtalik uchun qo‘lga qurol olib, jangga otlanish bu katta jasorat, Vatanga xizmat qilishning eng oliy ko‘rinishi bo‘lsa kerak. Ammo, jamiyat hayotimizda turli sohalarda mehnat qilib, vijdonan ishlab-da, Vatanga xizmat qilish mumkin. Bunga hayotmiz davomida amin bo‘lib bormoqdamiz. Buni Surxondaryo viloyatidagi “Zarya Surxana” gazetasi misolida oladigan bo‘lsak, otaxon yoshdagi nashr turli mavzulardagi materiallar, viloyatdagi voqea-hodisalar tafsilotlari bilan tanishtirish bilan birga yoshlarga, umuman keng jamoatchilikka Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ularini singdirishga, targ‘ib qilishga e’tibor qaratadi. Har bir ko‘tarilgan mavzuda o‘ziga xos yondashuv, uslub sezilib turadi. Dolzarb mavzular tahlili professionalizm asosida qurilgani bilan ahamiyatli. Gazetaning o‘qishliligini oshirishda mas’ul muharrir Dinara Egamberiyevaning xizmati, sa’y-harakatlari esa alohida e’tirofga loyiq.


Haqiqatan ham yosh va g‘ayratli hamkasbimizning mehnati, izlanishlari mevasi o‘laroq gazetaning necha yillik obro‘yi, nufuzi saqlanib, mazmunan boy materiallar bilan boyitilgan. Albatta, o‘z ishini sevmagan inson bu yanglig‘ ish ko‘rsata olmaydi. Keng auditoriyaga ma’naviyat, ma’rifat ulasha olmaydi. Na gazeta o‘qishli chiqadi va na e’tibor qozona oladi. Demak, tahririyat jamoasi to‘g‘ri yo‘lda ekanki, gazetani so‘rab kelishadi, izlashadi. Maqolalari bilan ishtirok etish niyatida qog‘oz qoralashadi, muhim mavzularga murojaat etishadi. O‘z navbatida gazetxonlarning hech bir xat-xabari, maqolasi e’tibordan chetda qolmaydi. Ana shunday hamkorlik esa bugungi gazetxonlar, o‘quvchi-yoshlar, keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatilganini ko‘rsatadi.


Gazetaning jonkuyar jamoasining mehnatini munosib baholagan O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Surxondaryo viloyat bo‘limining bir guruh xodimlari “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari tahririyatida bo‘lishdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan yig‘ilishda birlashmaning Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi Baxtiyor Safarov so‘zga chiqib, barchani kamtarona mehnati uchun, jonkuyarligi uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Qolaversa, vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lib kelayotgan soha xodimlarining xizmatini e’tirof etib, birlashma faoliyatiga to‘xtaldi. Amalga oshirgan ishlari haqida to‘lqinlanib so‘zladi.


Shundan so‘ng, “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarining bir guruh xodimlari birlashmaning “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida mehnati munosib rag‘bat topgan Dinara Egamberdiyeva ham bor edi.
Mukofotlanganlar kutilmagan e’tibordan va bildirilgan yuksak ishonchdan mamnun bo‘lishdi. Ular ham o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida bundan-da, shijoat va mas’uliyat bilan ishlashga bor kuch va e’tiborlarini qaratishlarini aytishdi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun