Talabalar amaliyotda…

Date:

Har bir tashkilot va idoraning jamiyat hayotida o‘z vazifasi bor. Shu jumladan, Surxondaryo viloyat davlat arxivini ham. Davlat arxivi deganda necha-necha yillardan buyon saqlanayotgan hujjatlar, ish qog‘ozlari, tarixiy manbalar terilgan javonlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Aslida bunday saqlash ishlari nega kerak, degan savol tug‘ilishi mumkin. Termiz davlat universiteti tarix fakulteti talabalari Surxondaryo viloyat davlat arxivida amaliyotda bo‘lish davomida ana shunday savollarga javob topdilar.


Universitetning tarixiy oʻlkashunoslik fani ustozlari Ozodbek Eshmoʻminov va Mustafo Jumayev tashabbusi bilan “Oʻlka tarixini oʻrganishda arxivlarning oʻrni” mavzusida olingan nazariy bilimlar amaliyot davomida as qotdi.
Arxiv direktori Dilfuza Joʻrayeva va xodimlar talabalarga arxivga hujjatlar qay tartibda kelishi, roʻyxatga olish jarayoni, boʻlimlarga boʻlinishi, saqlanishi, saqlanish sharoitlari, elektron koʻrinishga oʻtkazish jarayonlari, arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berdilar. Qolaversa, barcha jarayonlar amalda koʻrsatib berilgani talabalarning ma’lum taassurot va tasavvurga ega bo‘lishlari uchun dasturil amal bo‘lib xizmat qildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun