Yutuqlardan quvonib

Date:

Qaysi sohada va yo‘nalishda bo‘lmasin, yoshlarning erishgan muvaffaqiyatlari haqidagi hushxabarlarni eshitib, qalbimiz quvonchga, faxr-iftixorga to‘ladi. Bu esa katta hayot ostonasiga turgan yoshlar uchun eng yaxshi ibrat namunasi bo‘lmog‘i lozim.
Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinfida tahsil olib kelayotgan Mehribon Rahimova ingliz tilini o‘rganib, yosh bo‘lishiga qaramay, xalqaro IELTS imtihoniga hujjat topshirib, bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Shunday qildi ham. Imtihonni topshirgach, javobi muvaffaqiyatli chiqdi. Mehribon naq 7 balni qo‘lga kiritdi.


Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Durdona Safarova erishgan yutuq esa aslo Mehribonnikidan kam emas. Durdona ham xorijning reytingi baland oliy o‘quv yurtlariga imtihon to‘pshirib ko‘rdi va dunyoning 6 ta nufuzli universitetiga talaba sifatida qabul qilindi hamda 197 300 AQSh dollari miqdoridagi grantga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, ana shunday qabul xatlari kelishda davom etmoqda.

Hilola Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun