Kasb-hunarga qiziqishi ortdi

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 3-son kasb-hunar maktabida “Kasblar festivali” doirasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri qanday kasbning boshini tutsam ekan degan ikkilanishda bo‘lib yurgan maktab bitiruvchilarining munosib qarorga kelishlariga xizmat qildi, deyish mumkin.


“Ochiq eshiklar kuni”ga tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurdi va taklif etilgan kasb-hunarlar bilan yaqindan tanishdilar. Aytish kerakki, ushbu kasb-hunar maktabida mavjud 5 ta yo‘nalish o‘quvchilar qiziqishini, e’tiborini tortmay qo‘ymadi. E’tiborlisi maktabdagi avtomobil dvigatellarini tashxislash, raqamli axborotlarni qayta ishlash, tikuvchilik guruhlari o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Yangi o‘quv yilida ushbu kasb va hunarga qiziqqan o‘quvchilar o‘z iqtidorlariga munosib yo‘nalishlarda o‘qish uchun kelishsa, ajab emas.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun