E’TIBORDAN MAMNUN

Date:

Mehnatga munosib haq olish ish unumini oshiradi. Ayniqsa, maoshni kunlik olish unda-da, yaxshi. Oilaning kam-ko‘stini bitirib, ro‘zg‘orni butlashga as qotadi. Sho‘rchi tumanida ayollar brigadasidan tuzilgan “Ko‘ngilli madad” guruhida ishlayotgan ayollar mehnatkash va chaqqon. Tumanda ekin-tikin bilan shug‘ullanib kelguvchi tadbirkor Bahodir Pirmatov yer maydoniga ekilgan piyozlarni o‘z vaqtida sifatli yig‘ib-terib olish maqsadida ushbu guruhda ishlayotgan ayollarning mehnatidan foydalanib, ularga kunlik oylik maosh berishni va’da qilgan edi.
Buni qarangki, va’daga vafo qilgan mehnatkash ayollar o‘zlariga berilgan topshiriqni tez va sifatli amalga oshirdi. Bundan ish berganning ham, ishlaganning ham boshi osmonda. “Ko‘ngilli madad” guruhi mehnat qilayotgan manzilga Surxondaryo viloyat hokimi, tuman hokimi va boshqa mas’ullarning kutilmagan tashrifi esa dala mehnatkashlari uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Hormangga kelgan viloyat rahbari ayollar bilan suhbatlashdi. Suhbat bahonasida sovg‘a-salomlar ulashib, barchani xursand qildi.
Aytish kerakki, piyoz terimida mehnat qilayotgan 12 nafar ayolga un, yog‘ mahsulotlari berildi.
— Ro‘zg‘orimiz uchun kerakli mahsulotlarning berilgani, albatta, har birimizni shodlantirdi, — deydi G.Yo‘ldosheva. — Sidqidildan mehnat qilsangiz, ishingizda baraka va unum bo‘lar ekan. Dalada ishlab, shukrki, kam bo‘lmayapmiz. Uyda bekor o‘tirgandan, biroz bo‘lsa-da oilamizga naf keltirganimiz, byudjetimizga ham, o‘zimizga ham foyda.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun