Lobar birinchi…

Date:

Sportda sportchini chiniqtirish, qaysidir sport turi bo‘yicha mahorati va iqtidorini shakllantirishda trenerning xizmati katta bo‘ladi. Tinimsiz mashg‘ulotlar, harakat va mehnatning samari esa sportchini eng oliy pillapoyaga olib chiqadi. “Tokio-2020” paralimpiya o‘yinlari hali yodimizdan ko‘tarilib ulgurgani yo‘q. Unda paradzyudo bo‘yicha jarqo‘rg‘onlik sportchi Lobar Xurramova ham ishtirok etgan edi. Bunday muvaffqiyatning kaliti esa uning treneri Manzura Tursunova bo‘lsa, ajab emas.
Lobar o‘z ustida ishlab, sport bilan shug‘ullanib, musobaqa va chempionatlarda o‘zini sinab ko‘rishdan to‘xtayotgani yo‘q. Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida paradzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham yosh sportimizning ishtirokini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q.
Qit’a chempionatida Osiyoning 11 davlatidan 80 nafardan ortiq tatami ustalari ishtirok etdi. Musobaqaning birinchi kunida 48 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Lobar Xurramovaga teng keladigan topilmadi. U birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun