Endi finalda…

Date:

Boks… 12 raund. Har bir raunddagi daqiqa, hatto soniyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ayni shuning uchun ham tomoshabin diqqatini ringdan, bokschilardan qochirmaydi. Ayniqsa, u muxlislik qilayotgan ishtirokchining g‘olibligi uchun o‘zicha kurashadi.
Bokschilarning esa mahorati, tayyorgarligi, kuchi sinaladi. Har bir harakati esa hakam e’tiborida. Ular o‘z oldilariga faqat bitta maqsad qo‘ygan, bu ham bo‘lsa, yengish, raqibini nokaut qilish. Buning uchun esa o‘zining ustun tomonini, raqibining esa ojiz jihatini topishi kerak. Kuzatuv, himoya va hujum…


Boks bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnirda ham jarayonlar xuddi shunday qizg‘in tus olgan. Quvonarlisi, ularning orasida surxondaryolik bokschilar ham bor. Ularning chiqishi esa nafaqat surxondaryoliklar, balki o‘zbek xalqi uchun ham hayajonli, ham quvonchli hodisadir.
Ulardan biri Fazliddin Kattaqulov 57 kilogramm vazn toifasida, ikkinchisi Nurmuhammad Ahmedov esa 92 kilogramm vazn toifasida maydonga tushishdi. Raqiblarini mardonavor yengib, har ikkovi ham xalqaro turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Jarayoni kuzatgan, xushxabarni eshitgan borki, “balli, azamatlar” deb yuboradi. Ishonamiz, ular finalda ham yuzi yorug‘ bo‘lib, chempionlik nomi bilan chiqishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun