PSIXOLOGLAR UCHUN SEMINAR-TRENING

Date:

So‘nggi paytlarda psixologga murojaat qiluvchi, onlayn dars mashg‘ulotlarida ishtirok etuvchilar soni ortib bormoqda. Bu esa sohaning ancha ommalashib, aholi o‘rtasida soha mutaxassislarini to‘g‘ri qabul qilish holati shakllanganidan dalolat beradi. Xolbuki, ta’lim tizimida uzoq yillardan buyon psixolog shtati mavjud bo‘lib, ularning o‘quvchilar bilan ishlashda o‘z metodlari, usul va uslublari bor. To‘g‘ri, qachonlardir, psixologlar shunchaki, bir o‘rinni band qilib, aslida hech qanday xizmat vazifasini bajarmagan vaqtlar ham bo‘lgandir. Ammo, davr talabi va ehtiyojidan kelib chiqib aytish mumkinki, ayni yoshlar bilan o‘smirlik paytida ishlash, doimiy aloqa o‘rnatish ularning ruhiyatidagi o‘zgarishlarni, to‘fonlarni yengishda, vazminlik bilan qabul qilishda ayni zaruratdir.
Bugungi psixologlar burungisidan farq qiladi. Qabulidagi insonni o‘ziga ishontirib, ergashtira oladi. Ruhiyati bilan ishlab, muammolarini bartaraf etishga yordam beradi. Buning uchun esa mutaxassis doimiy izlanishda, o‘qib-o‘rganishda bo‘lishi kerak. Shu sababdan ham O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodistlari tomonidan Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabida viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 120 nafar psixologi uchun “Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlikning oldini olish”, “Psixoaktiv moddalarni ishlatishning oldini olish uchun mo‘ljallangan “Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz”, “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha taʼlim muassasalari xodimlarining vazifalari” hamda “Maktab o‘quvchilarida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashda kreativ fikrlash” mavzularida o‘quv amaliy seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Treningda profilaktika tadbirlarining maqsad va vazifalari, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va o‘tkazishning faol usullari hamda maktab psixologi, sinf o‘qituvchisining vazifalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, jarayonda mutaxassislarning amaliyotda foydalanishlari uchun diagnostika metodlari va korreksion usullarni o‘tkazish maqsadida amaliy tavsiyalar berildi. Aytish kerakki, seminarlar 2 kun davom etadi va 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 240 nafar psixologni trener sifatida tayyorlash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun