“Referendum nima?”

Date:

Bir paytlar o‘qituvchini majburiy mehnatga majburlash odatiy hol bo‘lgan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya esa bunga yo‘l qo‘ymaydi. O‘qituvchi-murabbiylar huquqlarini himoya qiladi. Nafaqat o‘qituvchini, balki kasb-u kori, mavqeyi va boshqa ijtimoiy holatidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qiladi, kafolatlaydi. Xolbuki, har birimizning o‘tgan davr mobaynida o‘z haqiqatlarimiz bor. Kimningdir huquqlari poymol bo‘lgan, kimdir nohaqlikka uchragan… xalq muallifligida yaratilgan yangi qonunlar majmuasida esa bunday holatlarning oldi olinadi.


OAV, ijtimoiy tarmoqlari orqali doimiy tarzda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, fuqarolarning, talaba-yoshlarning bo‘lib o‘tajak Referendumda faollikka chorlashlari sabab Referendum o‘zi nima ekanini bilib oldik. Yoki shunday tuyiladimi? Kim qanday tushunib tahlil qiladi, bilmadigu, ammo ba’zi ijtimoiy so‘rovnomalar olib borilgan video lavhalarga ko‘zingiz tushib hayratingizni yashira olmaysiz. Joylarda so‘rov olib borayotgan muxbirning “Referendum nima?” degan savoliga ba’zilarning “bilmayman” deya qaytargan javobi yoki yelka qisishi hayratingizni oshirsa, bir fuqaroning “nima narsa o‘zi, yomon narsa emasmi?” deganidan yoqa ushlaysiz. Ana savod-u, mana saviya. Nahotki, xalqimiz orasida shunday kimsalar borki, jamiyat hayotida kechayotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan shu qadar befarq bo‘lsa?
Demak, joylarda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish, xalqni uyg‘otish lozim. Referendum nima ekanini, yangi tahrirdagi qonunning ahamiyati-yu, aynan siz-u biz uchun ekanini tushuntirmog‘imiz lozim. 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan muhim jarayonga shunchaki, ko‘r-ko‘rona borib-keldi emas, anglagan, bilgan holda ishtirokini ta’minlash shart va zarur. Shu maqsadni ko‘zlagan holda Oltinsoy tumani “A.Bo‘tayev” mahallasidagi “Oqarbuloq” madaniyat uyida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari yangilanayotgan Konstitutsiyamiz “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”, degan tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilganini, tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Targ‘ibot tadbirida 350 nafarga yaqin aholining turli qatlam vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, demak, shuncha fuqaroning bugungi siyosiy jarayonlar haqida tasavvuri hosil bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun