Ham soni, ham sifati muhim…

Date:

Angor tumanida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazi haqida ko‘p va ho‘p gapirdik. Aytish kerakki, ushbu markaz tarkibida tikuvchilik sexi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ushbu tikuv sexida 500 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan bo‘lib, ularning hr biri uchun tikuv mashinasi mavjud. Tikuv sexi oz emas, ko‘p emas, 40 ta xonani band etgan bo‘lib, tikuvchi-chevarlarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Ish jarayoni qizg‘in tus olgan. Erta tongdan kun botgunga qadar mehnat qilayotgan tikuvchilar o‘zlariga belgilangan buyurtmani tez va sifatli bajarib topshirishga kirishishgan.
Eʼtiborli jihati, ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan mazkur tikuvchilik sexida Qozog‘istondan buyurtma tushgan. Ushbu buyurtmaga asosan maktab o‘quvchilari uchun 60 ming dona maktab formalarini tikish ishlari olib borilmoqda. Undan so‘ng esa Jarqo‘rg‘on tumanidagi sement zavodining ishchi-xodimlari uchun 2000 dona ish formasini tikishga o‘tiladi. Qolaversa, Rossiya davlatidan ham buyurtmalar olingani tikuv sexining faoliyati qoniqarli ekanidan darak beradi.
Ish haqidan esa tikuvchi-chevarlar mamnun. Ular bir kunda 100-150 ming, bir oyda esa 3-3,5 million so‘m oylik-maosh olayotir. Ishning sifati hamda soniga e’tibor qaratilsa, oylik maoshning miqdori aynan shunga bog‘liq ekani, xodimlar shijoatini oshirib, yanada g‘ayrat bilan ishlashga undayapti.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun