Chorvachilik kompleksi tashkil etilsa…

Date:

Tinib-tinchimagan tadbirli kishilar xonadonidagi bir qarich yeridan ham unumli foydalanib, foyda ko‘radi. Ammo, davlat tomonidan katta-katta loyihalarning amalga oshirilishi uchun ajratilgan yer maydonlari, bino va inshootlari maqsadli foydalanilmasa, tadbirkorga, aholiga naf keltirmasa, bu har tomonlama zarar deyish mumkin. Qiziriq tumanidagi “Takiya” mahallasi hududida joylashgan umumiy yer maydoni 3,2 gektar, qurilish maydoni shundan 5116 kvadrat metr bo‘lgan sobiq “Oxunboboyev MCH MMTP” bino-inshooti “Agroxizmat Agrokompleks” MChJga “Chorvachilik kompleksini” tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun ajratib berilgan edi. Afsuski, mazkur loyiha amalga oshirilmaganligi sababli hozirda ushbu bino-inshoot qarovsiz ahvolga kelib qolgan.
Ushbu holatdan xabardor bo‘lgan Surxondaryo viloyat hokimi zamonaviy chorva kompleksi tashkil etish uchun barcha zarur infratuzilmaga ega mazkur bo‘sh obyekt va unda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Aytish kerakki, hechdan ko‘ra kech deganlaridek, loyihaga ko‘ra “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan xorijdan nasldor chorva mollari keltirilib, “Chorvachilik kompleksi” tashkil etiladi. Natijada esa aholining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi. Qolaversa, bo‘sh ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz aholining bandligi ta’minlanadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun