Intensiv usulda baliq yetishtirilsa…

Date:

Surxondaryoliklarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda, chorvachilig-u asalarichilikda o‘z tajriba maktabi bor. Aytish kerakki, baliqchilik voha ahli uchun behona soha emas. Ayniqsa, baliq yetishtirishda, yuqori samaradorlikka erishishda ham yetarli tajriba va ko‘nikmaga egaligi baliqchilikni rivojlantirishga xizmat qilayotir. Uzun tumanining “Fayzova” mahallasidagi Surxon daryosi bo‘yidan unumli foydalangan uzunliklar intensiv usulda kichik-kichik hovuzlarda baliq yetishtirishni boshlab yuborishgan.

Sir emaski, ushbu hudud nafaqat baliqchilik, balki asalarichilikni rivojlantirish uchun ham qulay. Ishni ko‘zini biladigan tadbirkorlar esa bu imkoniyatdan ham foydalanib, asalari uyalarini joylashtirishni ham unutishmagan. Surxondaryo viloyat hokimining hududlarga tashrifining oxirgi manzili esa  “Fayzova” mahallasi bo‘ldi va Surxon daryosi bo‘yida intensiv usulda baliq yetishtirish va asalarichilik loyihalari bilan tanishdi.

231 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  bu maydonni ming gektarga yetkazish hamda asalarichilikni rivojlantirishdagi mavjud muammolar yechimi qilinib, ikkala tarmoqni kengaytirish loyihasi amalga oshirish taʼminlanadigan bo‘ldi. Bu bo‘yicha esa viloyat rahbari tomonidan masʼullarga tegishlicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun