… jarima to‘laydimi?

Date:

Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi tabiiy, haydovchilik guvohnomasini almashtira olmay qolgan fuqarolar jarima to‘laydimi? Xolbuki, 2023-yil 31-mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so‘nggi kuni edi-da. Chunki, joriy yilning 1-aprelidan boshlab 2010-yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Ana shunday savol qiynayotgan fuqarolar diqqatiga aytish kerakki, haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda maʼmuriy jazo qo‘llanilmaydi. Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqi berilmaydi. Yaʼni muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi bilan “hujjatsiz boshqarish” sifatida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...
KunTun
KunTun