Saboq…

Date:

Bir kishining yakka-yu yagona o‘g‘li bor ekan. U balog‘at yoshiga yetibdi. Bir kun otasidan qanday kasb tanlash haqida maslahat so‘rabdi:
— Biror kasbni tanlashing o‘zingga bog‘liq, — debdi ota.
— Eng yaxshi kasb o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, — debdi o‘g‘il.
— Mayli, qo‘shnimizning qo‘chqorini o‘g‘irlab ko‘rchi, — debdi ota.
O‘g‘il qo‘shnisining qo‘chqorini o‘g‘irlab kelibdi. Otasi o‘zini xursand ko‘rsatib:
— Yasha, o‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz maza qilib uydan chiqmay shu qo‘yni yeymiz.
Ota-o‘g‘il bir hafta maza qilishibdi. Qo‘yni batamom yeb bo‘lishgach, o‘zlarini taroziga tortishibdi. Ota o‘n kilo semiribdi, o‘g‘il esa o‘n kiloga ozibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi. Ota kulib:
— Ey nodon, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini o‘sha kuni qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun, xotirjam semirdim. Sen bo‘lsa, bir hafta azob ichida yashading! Shu sabab ozding. O‘zingga halol kasb tanla, shunda u dunyoying ham, bu dunyoying ham obod bo‘ladi, — debdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Termiz–2026" I Xalqaro tibbiyot...

Futbolchilar soliq toʻlamaydimi?

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda Superliga va Pro-liga futbolchilari 3...

Kitobxonlik — kelajak poydevori

Yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi...

45 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Oltinsoyliklarning ko‘p yillik, xususan 45 yillik orzusi amalga oshdi...
KunTun
KunTun