Xotin-qizlarning 110 nafari ishga joylashtiriladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayantoq” mahallasida o‘z faoliyatini boshlagan “Jarqo‘rg‘on baraka chevarlari” MCHJ tikuvchilik sexiga jami 96 ta zamonaviy tikuv dastgohlari, dazmollar, o‘lchash va tikish-bichish uchun zarur bo‘ladigan boshqa asbob-uskunalar olib kelingan. Kutilayotgani esa mavjud imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib, natija ko‘rsatishdir.
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilangan haftalik ish rejasiga asosan hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lish bahonasida ushbu MChJdagi shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi. Va masʼullarga korxona faoliyatini rivojlantirish, hududda bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yashovchi 110 nafar xotin-qiz bandligini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Shuningdek, ishchilarning kelib-ketishi, ishlashi uchun munosib sharoit yaratiladigan bo‘ldi. Qolaversa, ishchi-xodimlarning ish haqi o‘z vaqtida berilib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatli va eksportbopligiga erishish uchun zaruriy choralar ko‘riladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun